12 fev 15:50
Yangiliklar
![](/upload/storage/322562_220.jpg)
UFC 312 turniri gonorarlari ochiqlandi - 24 000 dan 3,342 mln dollargacha
Eng katta gonorar kutilganidek o'rta vaznda amaldagi UFC chempioni Drikus Dyu Plessiga tegishli. Janubiy Afrika Respublikasi vakili 3 million 342 ming dollar gonorarga ega bo'ldi. Drikus UFC 312 turnirining markaziy jangida ushbu kamarning sobiq sohibi amerikalik SHon Striklendni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan ei. SHon chempiondan deyarli uch barobar kam gonorar ishlab oldi — 1,032 mln dollar.
Co-main event jangida ayollar minimal vazn toifasidagi chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan xitoylik CHjan Veyli — 2,542 mln, uning raqibasi Tatyana Suares chempiondan deyarli sakkiz barobar kam haq oldi — 332 000 dollar.
Jangi asosiy karddan o'rin olgan Jeyk Metyus 221 000, Rong Ju 156 000+50 000 bonus, Gabriel Santos 114 500, Jimmi Krut 101 000 dollarga ega chiqdi. Qolgan jangchilar 24 000 dan 94 000 dollargacha oraliqdagi gonorarni qo'lga kiritishdi.
Fikrlar