09 fev 13:38
Yangiliklar

UFC 312 turnirining barcha natijalari bitta sahifada
Musobaqaning markaziy jangida o'rta vazn chempioni Drikyus Dyu Plessis sobiq chempion SHon Striklend bilan to'qnash keldi. Bellashuvda Drikyus ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, kamarini yana bir bor muvaffaqiyatli himoya qildi.
Turnirda qayd etilgan to'liq natijalar:
Drikus Dyu Plessi SHon Striklendni hakamlarning yakdil qarori bilan (50-45, 50-45, 49-46) mag'lub etdi va o'rta vazndagi chempionlik kamarini himoya qildi
Veyli Jang Tatyana Suaresni hakamlarning yakdil qarori bilan (49-46, 49-46, 49-45) mag'lub etdi va minimal vazndagi chempionlik kamarini himoya qildi
Tallison Teysheyra Jastin Tafani texnik nokaut orqali mag'lub etdi (1-raund, 0:35)
Jima Krut va Rodolfo Bellato o'rtasidagi jang hakamlar qaroriga ko'ra durang bilan yakunlandi
Jeyk Mettyus Fransisko Pradoni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi (30-27, 30-27, 30-27)
Gabriel Santos Jek Jenkinsni bo'g'ish usuli orqali mag'lub etdi (rear-naked choke) – (3-raund, 2:06)
Tom Nolan Vyacheslav Borshyovni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi (29-28, 29-28, 30-27)
Vang Kong Bruno Brasilni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi (30-27, 30-27, 30-27)
Aleksandr Topuriya Kolbi Tiknessni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi (30-27, 30-27, 30-27)
Rong Ju Kodi Stilni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi (30-27, 30-27, 30-27)
Jonatan Mikallef Kevin Joussetni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi (29-28, 29-28, 29-28)
Kuillan Salkilld Anshul Jublini texnik nokaut orqali mag'lub etdi (1-raund, 0:19).
Fikrlar