14 apr 14:23
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 314 turniri ishtirokchilarining gonorarlari malum bo'ldi
Kecha AQSHning Florida shtati Mayami shahrida raqamlangan UFC 314 turniri bo'lib o'tgandi.
Oqshomning markaziy jangida avstraliyalik Aleks Volkanovski Braziliya vakili Diego Lopesni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, yarimengil vazn toifasida vakant bo'lib turgan chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Kutilganidek, eng katta gonorar Aleks Volkanovskiga tegishli bo'ldi. Avstraliyalik chempion 2 mln 642 ming AQSH dollari ishlab oldi.
Turnirda jang qilgan bazi ishtirokchilarning gonorarlari miqdori malum:
Aleks Volkanovski - 2 mln 642 ming (AQSH dollari)
Diego Lopes - 1 mln 432 ming
Maykl CHendler - 521 ming
Peddi Pimblett - 471 ming
Jim Miller - 421 ming
Darren Elkins - 421 ming
Den Ige - 371 ming
Nikita Krilov - 321 ming.
Havola :
Manba : Sporty Salaries
Fikrlar