31 mar 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 314 turnirining asosiy kardidan o'rin olgan bellashuv bekor qilindi
34 yoshli amerikalik MMA jangchisi Jeff Nil 12 aprel kuni AQSHning Mayami shahrida bo'lib o'tadigan UFC 314 turnirida braziliyalik Karlos Prates bilan jang qila olmaydi.
Nil jangga tayyorgarlik paytida jarohat olgani tufayli turnir kardidan chiqarildi. Endi UFC rahbariyati Prates uchun yangi raqib qidirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Jeff Nil o'zining so'nggi jangini 2024 yil oktyabr oyida Ozarbayjon vakili Rafael dos Anosga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.
Prates esa avvalgi jangini 2024 yil noyabr oyida Nil Megni ga qarshi o'tkazib, nokaut orqali zafar quchgandi.
Havola :
Manba : championat.com
O’xshash yangiliklar
14:17
Manba: Merab Dvalishvili va SHon O'Melli o'rtasidagi chempionlik revansh jangi iyun oyida bo'ladi 0
Fikrlar