10 apr 12:04
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 316 turnir kardiga yana bir qiziqarli jang qo'shildi
Aslida bu jang mart oyida tashkil etilgan UFC Mexico turniri doirasida o'tkazilishi kerak edi.
Gap o'rta vazn toifasi vakillari - amerikalik 28 yoshli Jo Payfer hamda Kelvin Gastelum haqida ketmoqda. O'shanda Payfer kasal bo'lib qolgani bois, jang bekor qilingan va nomalum muddatga qoldirilgandi.
Promoushen tomonidan berilgan rasmiy xabarga ko'ra, Jo Payfer - Kelvin Gastelum jangi 7 iyun kuni AQSHning Nyuark shahrida tashkil etiladigan UFC 316 turniri doirasida o'tkaziladi. Ushbu oqshomning asosiy jangi esa chempion Merab Dvalishvili hamda ushbu kamarning sobiq sohibi SHon O’Melli o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar