11 iyu 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 316 turnirida g'alaba qozongan Temirovning raqobatchisi UFC 317'da ham jang qiladigan bo'ldi
Myanma vakili Joshua Van 29 iyun kuni bo'lib o'tadigan UFC 317 turnirida ishtirok etadi.
Musobaqa doirasida u amerikalik Brendon Royvalga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Aslida, UFC 317 turnirida Kape portugaliyalik Manel Kape bilan to'qnash kelishi kerak edi. Biroq Kape jarohat tufayli bu bahsni tark etdi.
Eslatib o'tamiz, Joshua Van 8 iyun kuni o'tkazilgan UFC 316 turnirida braziliyalik Bruno Silvani mag'lub etgandi. Van ayni damda UFC reytingida 10-o'ringa ko'tarilgan. Ushbu diviziondagi hamyurtimiz Ramazon Temirov esa 13-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar