08 iyu 15:27
Yangiliklar

UFC 316 turnirining barcha natijalari bir sahifada
Oqshomning markaziy bellashuvida eng engil vaznning amaldagi chempioni Merab Dvalishvili kamarning sobiq sohibi SHon O'Melliga qarshi oktagonga ko'tarildi va bu safar muddatidan oldin g'alabaga erishdi.
Turnir doirasida qayd etilgan barcha natijalar:
Merab Dvalishvili SHon O'Mellini bo'g'ish usuli bilan mag'lub etdi (3 raund, 4:42) va chempionlik kamarini himoya qildi
Kayla Xarrison Julianna Penyani og'ritish usuli orqali taslim etdi (Kimura) - (2 raund 2, 4:55) va eng engil vazn toifasida chempionga aylandi
Jo Payfer Kelvin Gastelum ustidan hakamlarning yakdil qarori ila zafar quchdi (29-28, 29-27, 30-27)
Mario Bautista Patchi Miksni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 30-27, 30-27)
Kevin Xolland Visente Lyukeni bo'g'ish usuli bilan mag'lub etdi (D'Arce choke) - (2 raund, 1:03)
Joshua Van Bruno Silvani texnik nokaut bilan taslim etdi (3 raund, 3:25)
Azamat Murzakanov Brendson Ribeyroni texnik nokaut orqali mag'lubiyatga uchratdi (1 raund, 3:25)
Valdo Kortes-Akosta Sergey Spivakni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi (30-27, 29-28, 29-28)
Andreas Gustafsson Kelinn Uillyamsni ochkolar farqiga ko'ra mag'lub etdi (30-27, 30-26, 30-26)
Vang Kong Ariani da Silvva ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi (30-27, 30-27, 30-27)
Ju San Yoo Jeka Saragini nokaut bilan taslim etdi (1 raund, 0:28)
Kuillan Salkilld Yanal Ashmozni hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra mag'lub etdi (30-27, 29-28, 29-28)
Markuel Mederos Mark CHoinskini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi (30-27, 30-27, 29-28).
Fikrlar