29 iyu 08:15
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 317. Maxachevga mag'lub bo'lgan Moykano Dariush oldida ham ojiz qoldi
AQSHning Las-Vegas shahrida davom etayotgan UFC 317 turnirining asosiy kardi doirasida navbatdagi bahs yakuniga etdi.
Unda engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun amerikalik sobiq davogar Benil Dariush Braziliya vakili Renato Moykanoga qarshi oktagonga ko'tarildi.
3 raundlik bellashuv to'liq davom etib, yakunda Benil Dariush ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchdi hamda ikkitalik mag'lubiyatni seriyasini yopib ketdi.
Moykano esa ketma-ket ikkinchi jangida imkoniyatni boy bermoqda. U avvalroq Islam Maxachevga qarshi chempionlik bahsida ham mag'lub bo'lgandi.
Malumot uchun, Dariush ayni damda engil vazn toifasida UFC reytingida 9, Moykano esa 11-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar