30 may 14:00
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 317 turnirining rasmiy posteri namoyish etildi + FOTO
Bizning vaqt bilan 29 iyun tonggida AQSHning Nevada shtati Las-Vegas Paradays shaharchasida raqamlangan UFC 317 turniri o'tkaziladi.
Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasi UFC chempionlik kamari uchun kechadi. Ushbu kamar Islam Maxachev tomonidan vakant, yani egasiz qoldirilgandi. Kamar uchun yarimengil vaznda sobiq UFC chempioni Iliya Topuriya engil vazn toifasida sobiq UFC kamari egasi braziliyalik CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqadi.
Turnir tashkilotchilari ushbu raqamlangan UFC 317 musobaqasining rasmiy posterini namoyish etishdi. Kechaning co main-event jangi eng engil vaznda UFC chempioni, braziliyalik Aleksandr Pantoja hamda Yangi zelandiyalik davogar Kay Kara-Frans o'rtasida kechadi.
Havola :
Manba : ufc
Fikrlar