19 iyu 10:26
Yangiliklar

UFC 318 turniri jangchilari taroziga chiqishdi
UFC 318 turniri jangchilari rasmiy tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Asosiy jang engil vazn toifasida BMF kamari uchun kechadi. Unda ushbu kamar egasi bo'lib turgan amerikalik Maks Xollouey vatandoshi Dastin Porega qarshi oktagonga chiqadi. Har ikki jangchi tarozida belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Maks 70,31 kg, Dastin esa 70,76 kg vazn qayd etdi.
Darvoqe, ertangi bahs Dastin Pore uchun faoliyatidagi so'nggi jang bo'ladi. U avvalroq professional sportdan ketishini elon qilgandi. UFC 318 turnirining co-main event jangida Paulo Kosta va Roman Kopilov o'zaro to'qnash kelishadi. Har ikki jangchi ham tarozida bir xil vazn ko'rsatishdi – 83.91 kg.
UFC 318 turniri barcha tarozi natijalari
Asosiy kard janglari
Maks Xollouey (70.31 kg) – Dastin Pore (70.76 kg) – BMF kamari uchun jang
Paulo Kosta (83.91 kg) – Roman Kopilov (83.91 kg)
Kevin Xolland (77.11 kg) – Daniel Rodriges (77.11 kg)
Patrisio Freyre (65.77 kg) – Den Ige (65.77 kg)
Maykl Jonson (70.31 kg) – Daniel Zellxuber (70.76 kg)
Prelim kard janglari
Vinishius Oliveyra (61.69 kg) – Kayler Fillips (61.23 kg)
Brendan Allen (83.91 kg) – Marvin Vettori (84.37 kg)
Fransisko Prado (77.11 kg) – Nikolay Veretennikov (76.66 kg)
Ateba Gote (83.91 kg) – Robert Valentin (84.37 kg)
Erta prelim kard janglari
Islam Dulatov (77.56 kg) – Adam Fugitt (77.56 kg)
Jimmi Krut (92.99 kg) – Marchin Praxnio (92.99 kg)
Lukas Brjeski (109.77 kg) – Rayan Spenn (114.3 kg)
Bruno Ferreyra (84.37 kg) – Jekson MakVey (83.91 kg)
Nikol Kalyari (57.15 kg) – Karli Judis (56.7 kg)
Fikrlar