01 okt 13:40
Yangiliklar

UFC 320: Media tadbirlar boshlandi (To'liq kard + FOTOGALEREYA)
Oqshomning markaziy jangi yarimog'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni rossiyalik Magomed Ankalaev hamda ushbu kamarning sobiq sohibi braziliyalik Aleks Pereyra o'rtasida o'tkaziladi. Bu revansh maqomidagi jang bo'lib, Pereyra kamarini qaytarib olish uchun urinib ko'radi.
Turnirning co-main event jangi o'ta engil vazn toifasida promoushen chempioni gruziyalik Merab Dvalishvili hamda amerikalik davogar Kori Sendxagen o'rtasida kechadi. Turnir ishtirokchilari uchun media tadbirlar boshlandi. Jangchilar rasmiy posterlarga dastxat qo'yish marosimida hozir bo'lishdi.
UFC 320. Turnirning to'liq kardi
Asosiy kard:
Magomed Ankalaev — Aleks Pereyra;
Merab Dvalishvili — Kori Sendxagen;
Irji Proxazka — Xalil Rauntri;
Josh Emmett — Yusef Zalal;
Abus Magomedov — Jo Payfer.
Prelim kard:
Ateba Gote — Ozzi Diaz;
Edmen SHaxbazyan — Andre Muniz;
Kris Guterres — Farid Basharat;
Daniel Santos — YU San YU;
Meysi CHiasson — Yana Santos;
Patchi Miks — Yakob Viklaj;
Puna Soriano — Nikolay Veretennikov;
Ramiz Braximay — Ostin Vanderford;
Veronika Xardi — Brogan Uolker.
Fikrlar