26 okt 01:27
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 321: Braziliyaliklar ishtirokidagi chempionlik jangi yakunlandi
Abu-Dabi shahri mezbonligidagi UFC 321 musobaqasining ikkinchi asosiy bahsi nihoyasiga etdi.
Ayollar o'rtasida minimal vazn toifasi chempionligi uchun o'tkazilgan jangda ikki brazil sportchisi — Virna Yandiroba hamda Makkenzi Dyorn to'qnash keldi.
5 raund etib belgilangan titul bahsi to'liq davom etdi va unda Dyorn hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, minimal vaznning yangi chempioniga aylandi. Bungacha ushbu divizion kamari vakant holatda edi.
Bu Dyorn (16-5) uchun ketma-ket qo'lga kiritilgan uchinchi g'alaba bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar