26 okt 12:26
Yangiliklar
UFC 321 turnirining bonuslari kimlarga nasib etdi?
Liga matbuot xizmati bonus sohiblarini elon qildi. Ko'rsatgan yorqin jangi bilan boshqalardan ajralib turgan 4 nafar aralash yakkakurash ustasi kafolatlangan gonorardan tashqari 50 000 dollardan mukofot puliga ega chiqishdi.
Qizig'i, bonus egalarining bari prelim kardda chiroyli g'alabaga erishishgan. Yorqin jang uchun Valter Uoker va Kuillan Salkildu bonusga loyiq ko'rildi. Bogdan Guskovning jamoadoshi hisoblangan Uoker birinchi raunddayoq Lui Sazerlendni sabmishn evaziga mag'lub etdi. Kuillan Salkild esa birinchi raundda Nasrat Xakparastni boshga yo'llangan oyoq zarbasi bilan chuqur nokautga uchratdi.
Engil vaznda o'tkazilgan Mateush Rebecki - Lyudovit Klayn to'qnashuvi esa UFC 321 turnirining eng yaxshi jangi deb topildi. Uch raund to'liq davom etgan qonli jangda Lyudovit Klayn hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba (29-28, 28-27, 28-28) qozondi.

Fikrlar