26 okt 00:04
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 321. Volkov faoliyatidagi 50-jangida Jailton Almeydani mag'lub etdi
BAAning Abu-Dabi shahrida UFC 321 turniri davom etmoqda.
Musobaqa asosiy kardidan o'rin olgan navbatdagi jang nihoyasiga etdi.
Unda rossiyalik og'ir vaznli sportchi Aleksandr Volkov Braziliya vakili Jailton Almeydaga qarshi bahs olib bordi. 3 raundlik to'liq davom etgan jangda Volkov 29-28, 29-28, 29-28 hisobida o'z g'alabasini rasmiylashtirdi.
Endi Aleksandrning hisobida 50 ta jangda qo'lga kiritilgan 39 ta g'alaba va 11 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar