14 noy 07:18
Yangiliklar
UFC 322 ishtirokchilari tarkibida o'zgarish yuz berdi
Yarim engil vazn toifasida amerikalik Malkolm Uellmeyker UFC 322 turnirining prelim kardida avstraliyalik Kodi Xeddonga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Ammo Xeddon jarohat olgani tufayli bu jangdan "echildi".
Tashkilotchilar qisqa fursatda Uellmeykerning o'rniga boshqa jangchi topishga muvaffaq bo'lishdi. Endi Malkolm amerikalik Etin Evingga qarshi oktagonga chiqadi. U uchun ushbu jang UFC’dagi debyut bo'ladi. Eving ikki kunlik ogohlantirish bilan jangda qatnashishga rozilik berdi.
Eslatib o'tamiz, UFC 322 turniri 15 noyabrdan 16 noyabrga o'tar kechasi Nyu-Yorkda bo'lib o'tadi. Oqshomning asosiy jangida rossiyalik Islam Maxachev avstraliyalik yarim o'rta vazn toifasi chempioni Jek Della Maddalenaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar