12 apr 08:56
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 327. Markaziy chempionlik jangi birinchi raunddayoq yakunlandi
Mayamida UFC 327 turniri bo'lib o'tdi.
Turnirning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasi chempionligi uchun Irji Proxazka va Karlos Ulberg o'zaro to'qnash keldi.
Jang 1-raunddayoq to'xtatildi. Ulberg kuchli zarba evaziga Proxazkani yiqitdi va zarbalar seriyasini davom ettirdi. SHundan so'ng vaziyatga referi aralashdi va jangni to'xtatdi - texnik nokaut.
SHu tariqa, Karlos Ulberg yarim og'ir vazn toifasining yangi chempioniga aylandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar