So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

12 apr 10:00
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC 327: Oltita "finish" qayd etilgan Proxazka - Ulberg oqshomining barcha natijalari

Bugun tongda AQSHning Florida shtati Mayami shahrida raqamlangan UFC 327 turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangi yarim og'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan chempionlik kamari uchun kechdi. Unda Yangi Zelandiya vakili Karlos Ulberg chexiyalik sobiq chempion Irji Proxazkaga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang biroz kutilmaganda Karlosning texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlandi. Irji jang davomida jarohat olgan raqibiga rahm qilib urmagani va buning uchun jazolanganini takidladi. 

Turnirning ahamiyati jihatidan ikkinchi jangida ham yarim og'ir vazn toifasi vakillari o'zaro to'qnash keldi. Rossiyalik Azamat Murzakanov faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. U uchinchi raundda braziliyalik Paulo Kostaga texnik nokaut bilan yutqazib qo'ydi.

Og'ir vazn jangchisi Jon Xokit tajribali Kyortis Bleydsni hakamlar qaroriga ko'ra taslim etdi. UFC rahbari Dana Uayt jangdan keyin Xokit endi Derrik Lyuisga qarshi Oq uydagi turnirda oktagonga chiqishini elon qildi. Bu bilan 14 iyundagi Oq uy turniri kardiga yana bir jang qo'shildi. 


UFC 327 turnirining barcha natijalari:

Yarim og'ir vazn: Karlos Ulberg Irji Proxazkani 1-raundda texnik nokautga uchratdi 

Yarim og'ir vazn: Paulo Kosta Azamat Murzakanovni 3-raundda texnik nokaut evaziga engdi

Og'ir vazn: Josh Xokit Kyortis Bleydsni hakamlarning yakdil qarori bilan yutdi (29-28, 29-28, 29-28).

Yarim og'ir vazn: Dominik Reyes Jonni Uokerni hakamlarning ayri qarori bilan taslim etdi (29-28, 28-29, 29-28).

Yarim engil vazn: Kab Svonson Neyt Landverni 1-raundda texnik nokaut bilan mag'lubiyatga uchratdi 

Yarim engil vazn: Aaron Piko Patrisio Pitbulni ochkolar bo'yicha engdi (30-27, 30-27, 29-28).

Yarim o'rta vazn: Kevin Xolland Rendi Braun ustidan ochkolar hisobi bo'yicha zafar quchdi (30-27, 30-27, 30-27).

Engil vazn: Mateush Gamrot Esteban Ribovichni 2-raundda bo'g'ish usuli bilan yutdi

Ayollar minimal vazn: Tatyana Suares Lupita Godinesni 2-raundda bo'g'ib qo'ydi

Engil vazn: Markvel Medeyrush - Kris Padilya jangi durang natija bilan tugadi (29-27, 28-28, 28-28).

O'rta vazn: Visente Lyuke Kelvin Gastellumni 1-raundda bo'g'ish usulida taslim etdi

Yarim o'rta vazn: CHarlz Radtke Fransisko Pradoni hakamlar qarori evaziga engdi (30-26, 30-26, 30-26).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing