07 avg 18:21
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC asosiy jangi Nurmagomedov - Yadong bo'lgan turnir uchun rasmiy posterni elon qildi + FOTO
Ultimate Fighting Championship (UFC) promousheni matbuot xizmati tomonidan UFC Fight Night 286 turnirining rasmiy posteri namoyish etildi.
Oqshomning asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida UFC kamari uchun sobiq davogar rossiyalik Umar Nurmagomedov hamda xitoylik Song Yadong o'rtasida bo'lib o'tadi. UFC Fight Night 286 turniri 29 avgust kuni Xitoyning SHanxay shahridagi "SHanxay Indur Stedium"da o'tkaziladi.
Malumot uchun, 30 yoshli Umar Nurmagomedov UFC promoushenida 2021 yilda debyut qilgan. Uning hisobida 8 g'alaba va bir mag'lubiyat bor. 28 yashar Song Yadong esa 2017 yildan beri UFC ligasida janglarini o'tkazib keladi. U dunyoning eng kuchli MMA ligasida 12 g'alaba, 4 mag'lubiyat va 1 durang qayd etgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar