29 noy 10:51
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC atayin qilyaptimi? Zabitning jangi 5-marotaba bekor bo'ldi
UFC promousheni rossiyalik 29 yoshli Zabit Magomedsharipovning jangi beshinchi marotaba qoldirganini elon qildi.
"Hech narsa tasodifan ro'y bermaydi. Hammasi Yaratganning izni bilan sodir bo'ladi. Jang o'tkazilmaydi", — deya o'zining Instagram sahifsida xabar qoldirgan Zabit.
Avvalroq Magomedsharipov g'alaba qozonsa, keyingi jangi chempionlik kamari uchun kechishi aytilgandi. Aslida u 29 avgust kungi UFC turnirining markaziy jangida Yair Rodrigesga qarshi oktagonga ko'tarilishi kerak edi. Ammo, meksikalik jangchi jarohat olganini malum qildi. Keyin 2021 yilning yanvariga ko'chirildi. Lekin bu jang ham endi o'tkazilmaydi.
Havola :
Fikrlar