So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

02 iyu 08:47
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

UFC bilan shartnoma imzolashni kuchli rus jangchilari istashmoqda, lekin faqat Xabibning jamoasiga bunday imkoniyat berilmoqda. Nega?

UFC bilan shartnomaga ega bo'lishni rossiyalik bir necha nafar chempionlar poylashmoqda, istashmoqda.

Yarim yildan beri Albert Tumenov va Rustam Kerimov o'z imkoniyatlarini kutishmoqda. Ularning har ikkisi ham Rossiyaning eng kuchli MMA promousheni - ACAning chempionlari hisoblanadi. Aynan UFC bilan shartnoma imzolash maqsadida ACA bilan kelishuvni uzaytirishmadi. 

SHuningdek, Rossiyaning kuchli yakkakurash ustalaridan Albert Duraev va Magomed Magomedov ham bir yarim yildan beri hech qanday jang o'tkazishmadi. Ular ham Tumenov va Kerimov singari UFCdan javob kutishyapti. Nega bunday? Nega faqat Xabibning jamoasi UFC bilan shartnomaga ega bo'lmoqda?

Xabibning jamoasi UFC bilan kelishuvning o'zgacha usulini o'ylab topganmi?

2019 yilda UFC faqatgina Roman Gogatov bilan shartnoma imzoladi.

2020 yilda esa Umar Nurmagomedov va Tagir Ulanbekov sayyoramizning eng kuchli MMA kompaniyasi bilan shartnoma tuzishga erishdi. Qizig'i, har uchala jangchi ham Xabibning jamoadoshi hisoblanadi.

“Xabibning borligi asosiy o'rin egallashi aniq. U UFCda ancha ishlarni amalga oshirib qo'ydi va bemalol tashkilot rahbariga iltimos qilishi mumkin. To'g'ri, uning jamoadoshlari ham kuchli lekin... inson omili ham katta o'rin egallaydi”, - degan edi Rossiyaning mashhur menejerlaridan biri Sayat Abdraxmanov.

UFCga Xabibning sherigi bo'lmasdan turib qaysi yo'l bilan chiqish osonroq?

2018 yilda Rossiyaning M-1 promouterlik kompaniyasi UFC bilan kelishuvga erishgandi. Yani, M-1 chempioni bitta himoya jangida ishtirok etganidan so'ng, UFC bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega bo'lgandi. SHundan so'ng M-1ning sobiq sakkiz nafar chempioni UFC bilan shartnoma imzolagandi. Qolgan tashkilot chempionlarining UFCga o'tishi biroz qiyinroq kechmoqda.

Nega kuchlilarning UFCga o'tishi qiyin kechmoqda?

Rossiyalik ekspert hamda muxlislarning eng ko'p bergan savoli: Nega UFC unchalik kuchli bo'lmagan Sergey Xandojko bilan shartnoma imzolab, uni mag'lub etgan Albert Duraevga shartnoma taklif qilmagan. Bu savolning javobi hali hamon ochiqligicha qolmoqda.

SHlemenko UFCdan shartnoma kutmoqda, lekin bunga erisha olmaydi. Nega?

Rossiya MMA afsonasi, Bellator sobiq chempioni Aleksandr SHlemenko UFC bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligini malum qilgandi. Lekin UFC 36 yoshli sportchiga shartnoma taklif qilmasligi aniq. Sababi SHlemenko bitta jangi uchun kamida 100 ming dollar oladi, UFC esa debyutant jangchilarga hech qachon bunday katta summa to'lamaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing