29 iyu 12:01
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Blaxovich va Teysheyra jangi keyinga qoldirildi. Bahs sanasi aniq
Yarimog'ir vazn toifasi jangchilari Yan Blaxovich va Glover Teysheyra o'rtasidagi chempionlik jangi kechiktirildi.
Bu haqida BJPenn nashri xabar bermoqda.
Avvaliga ushbu jang 4 sentyabr sanasiga rejalashtirilgan va UFC 266 turniri doirasida o'tkazilishi lozim edi. Ammo, tashkilotchilar jangni uch haftaga keyinga, yani 25 sentyabrga ko'chirishgandi.
Oxirgi malumotlarga qaraganda, jang 30 oktyabr kuni o'tkaziladigan UFC 267 turniriga ko'chirilgan.
Bu jangning UFC 266 dagi o'rnini Fransis Ngannu va Derrik Lyuis o'rtasidagi jang egallashi kutilmoqda.
Havola :
Manba : BJPenn.com
Fikrlar