14 mar 11:37
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				UFC Bogdan Guskov jang qilishi kerak bo'lgan Jonni Uokerga yangi raqib berdi
18 may kuni Las-Vegasdagi UFC Apex majmuasida navbatdagi UFC Fight Night musobaqasi tashkil etiladi.
			Musobaqadan o'rin olgan yana bir to'qnashuv malum bo'ldi.
Unga ko'ra, yarimog'ir vazn toifasida braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Jonni Uoker turnir doirasida Rossiya vakili Azamat Murzakonovga qarshi bahs olib boradi. Bundan tashqari, Kyortis Bleyds va Rizvan Kuniev o'rtasidagi jang ham 18 may kungi turnirga ko'chirildi.
Eslatib o'tish joiz, Uoker aslida, yanvar oyida O'zbekiston vakili Bogdan Guskov bilan jang qilishi kerak edi. Lekin aynan Uoker sabab bu jang bekor qilinib, Guskovga boshqa raqib berilgandi.

            Havola            :         
                    Manba                : VestnikMMA
             
			
Fikrlar