09 apr 17:08
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni ikki nafar raqibdan birini tanlashi lozim
Og'ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC kamari sohibi Tom Aspinallga UFC ikki nafar top jangchini raqib sifatida taklif qildi.
Britaniyalik jangchi iyul oyida Manchesterda bo'lib o'tadigan UFC kechasining markaziy jangida oktagonga ko'tarilishi lozim. O'sha kuni u sobiq chempion Siril Gan yoki Kertis Bleydsga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, Aspinall so'nggi jangida Sergey Pavlovichni birinchi raundning o'zida nokaut qilishga erishgandi. Kertis Bleyds so'nggi bor 9 mart kuni Jailton Almeydaga qarshi oktagonga ko'tarilib, raqibini 2 raundda nokaut qilgan. Siril gan esa so'nggi bor o'tgan yilning sentyabr oyida Sergey Svipakka qarshi bahs olib borgan va u ham raqibini 2-raundda mag'lub etgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar