14 dek 11:09
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni kechagi g'alabadan so'ng shifoxonaga olib ketilgan. U bir kun avval ham shifoxonada edi...
O'ta engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Deyvison Figeredo Brendon Morenoga qarshi jang qilib, durang qayd etdi.
CHempion jangdan so'ng zudlik bilan shifoxonaga olib ketildi. Bu haqida tashkilot rahbari Dana Uayt malum qildi. Dananing qo'shimcha qilishicha, Deyvison bir kun avval ham shifoxonada edi. Sababi uning oshqozoniga virus tushgan.
Eslatib o'tamiz, Deyvison yigirma kun ichida ikkita chempionlik jangida tushgan ilk jangchi sifatida UFC tarixidan joy oldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar