22 dek 16:35
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni va yulduzi tashkilotdan ketishi mumkin. Nega?
Og'ir vazn toifasida UFC kamari sohibi Frensis Ngannu Siril Ganga qarshi jangdan so'ng tashkilotdan ketishi mumkin.
Bu haqida UFC rahbari Dana Uayt malum qildi. Jurnalist Ngannuning kelajagi haqida so'raganida Dana quyidagicha javob berdi.
"Bunday holatlar doim bo'lib turadi. Doim ham odamlar bilan kelishib bo'lmaydi. Bizning talablarga rozi bo'lgan jangchilar bilan hamkorlikni davom ettiramiz. Agar ularga bizning takliflar qoniqarli bo'lmasa, ular bemalol ketishlari mumkin", - deb fikr bildirgan Dana.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Frensis Ngannu gonorari kamligidan tashkilotdan ketishi mumkinligi borasida gapirgandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar