04 jan 09:43
Yangiliklar

UFC chempioni Volkanovski rejalarini oshkor etdi
Avstraliyalik chempion mart oyida oktagonga qaytadi. Volkanovski (22-1) joriy 2021 yilda jami 3 ta jang o'tkazishni rejalashtirgan.
"Jamoam bilan birga rejalarni muhokama qilyapmiz. Birinchi navbatda Yangi Zelandiyaga viza olishimiz kerak. Ilk mashg'ulot lageri aynan u erda bo'ladi. UFC jang sanasi va manzilini taqdim etishi bilan belgilangan joyga etib boramiz. Men oldindan jang sanasini bilishim shart. CHunki, ikki haftalik karantinni o'tash kerak bo'ladi.
O'ylaymanki, 2020 yilni tezroq unutib, kirib kelgan 2021 yilda yangi maqsadlar sari intilamiz. Rejam bo'yicha bu yil uchta jang o'tkazishim kerak. Matbuotda mart oyida jang o'tkazishim haqida xabarlar paydo bo'ldi. Lekin men bundan bexabarman", - deya Volkanovskining so'zlarini keltirmoqda SCMP MMA.
Eslatib o'tamiz, Aleks Volkanovski 2020 yilning iyul oyida Abu-Dabidagi UFC 251 turnirida Maks Xolloueyni mag'lubiyatga uchratib, chempionlik kamarini himoya qilgandi.
Fikrlar