05 avg 08:01
Yangiliklar
UFC egalari Oq uydagi turnir tufayli qancha zarar ko'rgani malum
Unda UFC White House — Freedom 250 turnirini o'tkazish natijasida yuzaga kelgan moliyaviy yo'qotishlar ham aks etgan.
«Biz odatdagidan ancha yuqori xarajatlarga duch keldik. Bu xarajatlarning bir qismi global hamkorlik kelishuvlari doirasida tarqatilgan chiptalar hisobiga qoplandi.
Eslatib o'tamiz, biz chiptalarni sotmadik va shu sababli tadbirdan hech qanday daromad olmadik. Musobaqaning ko'lamini hisobga olsak, kutilganidek, taxminan 30 million dollar miqdorida zarar ko'rildi. Bu esa ham UFC, ham umumiy hisobdagi moliyaviy marjamizga sezilarli tasir qildi», — dedi TKO moliya direktori Endryu SHleymer.
Dastlab turnirni tashkil etish xarajatlari 60 million dollardan oshib ketishi kutilgan edi. Biroq UFC tomonidan tuzilgan turli hamkorlik kelishuvlari tufayli yakunda bu xarajatlar sezilarli darajada qisqartirildi.
Fikrlar