13 dek 10:25
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Emelyanenko - Beyder jangiga halal berishi mumkin bo'lgan turnirni bekor qildi
UFC kompaniyasi 26 yanvar kuni Anaxaym shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan UFC 233 turnirini bekor qildi.
Aynan shu kuni Bellator kompaniyasining og'ir vazn toifasida Gran-pri turnirining hal qiluvchi final jangi ham o'tkaziladi. Finalda rossiyalik Fyodor Emelyanenko amerikalik Rayan Beyderga qarshi oktagonga chiqadi.
Anaxaymdagi turnirning markaziy chempionlik jangi Ti Jey Dillashou va Genri Sexudo o'rtasida o'tkazilishi kerak edi. Lekin UFC 233 turniridagi bu jang bir hafta oldinga, yani 19 yanvarga ko'chirildi. Bu bilan UFC 233 oqshomiga qiziqish pasayib ketdi.
Havola :
Fikrlar