16 may 09:44
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC engil vazn toifasida yangi chempion nomi aniq bo'ldi!
Texas shtatida UFC 262 turniri yakuniga etdi.
Kechaning markaziy jangida CHarlz Oliveyra va Maykl CHendler engil vazn toifasida vakant bo'lib turgan chempionlik kamari uchun o'zaro jang qilishdi.
5 raundga mo'ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi. Birinchi raundda CHendler nisbatan ustunlikka erishdi. Ikkinchi raundda esa Oliveyra zarbalar seriyasi bilan raqibini muvozanatdan chiqardi va nokautga uchratdi.
Ushbu g'alaba orqali Oliveyra engil vazn toifasida chempionlik unvoniga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar