04 okt 09:51
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Island 4. Anderkard jang to'liq davom etdi + FOTO
Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tmoqda.
UFC Fight Island 4 oqshomining anderkard jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda 33 yoshli Kabo-Verde vakili Yorgan De Kastro braziliyalik 25 yashar Karlos Felipega qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang to'liq uch raund davom etdi va yakunda Karlos Felipe 30:27, 30:27, 29:28 hisoblarida g'alaba qozondi. Statistikaga etibor qaratsak, Felipening 177 ta zarbasidan 78 tasi aniq bo'lgan. Kastroning 100 ta zarbasidan 48 tasi o'z manziliga aniq etib borgan.
Havola :
Fikrlar