04 okt 10:56
Yangiliklar

UFC Fight Island 4. Markaziy jang yakunlandi + FOTO
Hozirgina UFC Fight Island 4 oqshomining markaziy jangi o'z nihoyasiga etdi. Unda ayollar o'rtasidagi engil vazn toifasi vakilalari - amerikalik 38 yoshli sobiq UFC chempioni Xolli Xolm hamda meksikalik 32 yoshli Iren Aldana o'zaro oktagonda to'qnash kelishdi.
Kechaning markaziy jangi to'liq 5 raund davom etdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Xolli Xolmning g'alabasini etirof etishdi – 50:44, 50:45, 50:45. Statistika bo'yicha tajribali Xolmning 154 ta zarbasidan 69 tasi aniq manziliga etib borgan. Teykdaunlar bo'yicha yaqqol ustunlik ham Xolli tomonida - 5-0.
SHu tariqa, Xolli Xolm bugun faoliyatidagi 14-g'alabasini tantana qildi. Uning hisobida 5 ta mag'lubiyat ham bor. Aldana esa bugun 6-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 12 ta g'alaba bor.
Fikrlar