08 noy 09:09
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 181. Romanov braziliyalik raqibini bo'g'ib qo'ydi
Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 181 turniri bo'lib o'tmoqda.
Oqshomning prelium kardidan o'rin olgan janglarning biri og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda moldovalik Aleksandr Romanov Braziliya vakili Markus Rojeriu de Limaga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang muddatidan avval birinchi raundning o'zida yakunlandi. Romanov bo'g'ish usuli evaziga raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Bu vaqtda jangning 4-daqiqa 48-soniyasi o'tib borayotgandi. Aleksandr shu vaqt oralig'ida 2 teykdaun hamda 6 ta aniq zarbani amalga oshirdi.
Romanov jang yakunlanganidan so'ng UFC matchmeykerlaridan polshalik Marchin Tibura bilan jang tashkil qilib berishlarini so'radi. U shuningdek, bir oydan so'ng oktagonga qaytishga tayyor bo'lishini ham urg'uladi.
Havola :
Manba : usatoday.com
Fikrlar