21 fev 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 185. Markaziy jang ikkinchi raundda yakunlandi + FOTO
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi UFC Apex arenada mezbonlik qilgan navbatdagi UFC turniri o'z yakuniga etdi.
UFC Fight Night 185 oqshomining markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda amerikaliklar - Derrik Lyuis (25-7 MMA, 16-5 UFC) va Kyortis Bleyds (14-3 MMA, 9-3 UFC) o'zaro oktagonda to'qnash kelishdi.
Besh raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Derrik Lyuis jangning ikkinchi raundida vatandoshini nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : usatoday.com
Fikrlar