So’nggi yangiliklar

14:44Жорж Сент-Пьерр: "Чимаевни тўхтатиб бўлмайдиганга ўхшаяпти" 0 14:23"Барселона" ва ПСЖ УEФА томонидан муаммога учради. Нима бўлди? 0 14:01Мария Шарапова Уимблдон чемпионлги билан қайси ғалабасини тенг қўйиши мумкинлигини айтди 0 13:40Крис Вайдмен сафдан чиқди, Андерсон Сильвага янги рақиб берилди 0 13:19Қойил! Усик Энтони Жошуани Жейк Пол билан жангга тайёрлайди 0 12:58"Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади 0 12:37Камару Усман Фрэнсис Нганнуни ҳимоя қилди 0 12:16Умар Нурмагамедов қайтишга тайёр 0 11:55Бўйи энг паст жаҳоннинг собиқ 26-ракеткаси 32 ёшида фаолиятини якунлади 0 11:34Расман. "Бухоро" ва "Хоразм" плей-оффни сафарда ўтказади 0 11:13Дана Уайт Хасбикнинг UFC билан шартномаси борми деган саволга жавоб берди 0 10:52Abu Dhabi Grand Slam 2025 турнирида иштирок этувчи жамоамиз таркиби тасдиқланди 0 10:31Италия Дэвис Кубогидаги 24 йиллик рекордни такрорлади 0 10:10Бугун "Нефтчи" 24 йиллик танаффусдан сўнг Ўзбекистон чемпиони бўлиши мумкин 0 09:49Қизларимиз FIDE Жамоавий жаҳон чемпионатининг 1/4 финалида бошдан баланд сакрай олишмади 0

20 fev 11:02
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Fight Night 185: Tarozi marosimida 4 ta ortiqcha vazn, 1 ta rekord va bir bekor qilingan jang

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

Bugun esa UFC Fight Night 185 turniri ishtirokchilari ananaga muvofiq tarzda tarozidan o'tish hamda ko'z urishtirish marosimlarida hozir bo'lishdi. UFC Apex arenada o'tkaziluvchi oqshomning markaziy jangi og'ir vaznda Kyortis Bleyds va Derrik Lyuis o'rtasida o'tkaziladi. Bleyds 117,4, Lyuis esa 119,2 kg tosh bosdi.

Etiborga molik jihati shundaki, turnirning jami 30 jangchisidan 4 nafari tarozi marosimida belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Yarim engil vazn toifasi vakili Rafael Alves esa bu borada rekord ham qayd etdi. U belgilangan vazndan 11.5 funt, taxminan 5 kilogramu 200 gramm og'irroq chiqdi. Bu tashkilotning yangi antirekordi hisoblanadi. Buning natijasida Rafaelning Pet Sabatiniga qarshi jangi bekor qilindi. 

SHu paytgacha bu borada UFC tarixidagi antirekord Entoni Jonsonga tegishli edi. Uning 2012 yilda Vitor Belfortga qarshi o'tkazishi lozim bo'lgan jangidan oldingi vazni meyordan 11 funt ortiqcha chiqqandi. 

SHuningdek, ertangi janglari oldidan Ketlin Vieyra, Jared Gordon va Drako Rodriges ham talab darajasidagi vazn meyorini bajara olishmadi. Endi jarima sifatida ularning gonorarlaridan kamida 20 foiz miqdorida olib qolinadi. 

Tarozi natijalari:

Asosiy kard

Kyortis Bleyds (117,4 kg) – Derrik Lyuis (119,2 kg).

Yana Kunickaya (61,2 kg) – Ketlin Viera (62,5 kg).

Aleksey Oleynik (108,8 kg) – Kris Dokos (106,1 kg).

Nassurdin Imavov (185.5 funt) – Fil Xous (185 funt)

Andrey Orlovskiy (249.5 funt) – Tom Aspinall (244.5 funt)


Prelium kard

Denni CHaves (145 funt) – Jared Gordon (150 funt)

Drakkar Kloze (156 funt) – Luis Penya (155.5 funt)

Jon Kastaneda (136 funt) – Eddi Vaynlend (135.5 funt)

Julian Erosa (145.5 funt) – Neyt Landver (146 funt)

Rafael Alves (157.5 funt) – Pet Sabatini (145.5 funt) jang bekor qilindi

SHena Dobson (126 funt) – Keysi O'Nill (125.5 funt)

Jamall Emmers (145.5 funt) – CHes Skelli (146 funt)

Drako Rodriges (140.5 funt) – Eyemann Zaxabi (136 funt)

Sergey Spivak (245 funt) – Jared Vanderaa (265 funt)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing