05 noy 07:12
Yangiliklar
UFC Fight Night 214: Bunaqasi juda kam kuzatiladi. To'rt jangchi vazn qila olmadi + FOTOGALEREYA
UFC Fight Night 214 turniri ishtirokchilari odatdagidek rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi.
Etiborga molik jihati shundaki, oqshomning bir yo'la to'rt nafar jangchisi belgilangan vazn meyorini bajara olmagan. Ularning barchasidan kafolatlangan gonorarning 20 foiz qismidan jarima undiriladi. Lekin hech qaysi bir jang bekor qilinmaydi.
Vazn qila olmaganlar: Grant Douson, Benito Lopes, Karlos Kandelario va Ramona Paskual.
Turnirning markaziy jangi ayollar ligasi engil vazn toifasida Marina Rodriges va Amanda Lemos o'rtasida bo'lib o'tadi. Ikkala jangchi ham belgilangan vazn talabini bajarishdi. Faqat Rodriges raqibasidan 1 funt og'irroq tosh bosdi.
Tarozi natijalari:
Asosiy kard
Marina Rodriges (115.5) — Amanda Lemos (114.5)
Nil Megni (170.5) — Daniel Rodriges (170)
Josh Parizyan (265.5) — CHeyz SHerman (255.5)
Neyt Meniss (125.5) — Tagir Ulanbekov (124.5)
Grant Douson (157.5)* — Mark Madsen (155)
Prelim kard
Derrik Minner (146) — Nuerdanbek SHailan (145.5)
Miranda Meverik (125.5) — SHenna Yang (126)
Mario Bautista (135.5) — Benito Lopes (138.5)**
Jin YU Frey (115.5) — Polyana Viana (115.5)
Jonni Munoz (135.5) — Lyudvik SHolinyan (135.5)
Karlos Kandelario (128.5)*** — Jeyk Xedli (126)
Ramona Paskual (137)**** — Tamires Vidal (134)
* Douson 1.5 funt ortiqcha vazn
** Lopes 2.5 funt ortiqcha vazn
*** Kandelario 2.5 funt ortiqcha vazn
**** Paskual 1 funt ortiqcha vazn.
Fikrlar