11 fev 02:33
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 236 turnirining ilk jangi muddatidan oldin yakunlandi
Las-Vegasda navbatdagi UFC turniri start oldi.
Turnirning ilk jangi eng engil vazn toifasida xitoylik aralash yakka kurash ustasi Aori Kyuileng hamda perulik Daniel Markos o'rtasida kechdi.
3 raundlik jang ikkinchi raundda yakunlandi. Unda Aori Kyuileng beldan pastga yo'llangan zarba orqali qabul qilib olingan jarohat tufayli jangni davom ettira olmadi va jang o'tkazilmagan deb topildi.
Turnirda birozdan so'ng o'zbekistonlik Bogdan Guskov jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar