25 fev 13:57
Yangiliklar
UFC Fight Night 237 turniri bonus sohiblari malum
To'rt nafar jangchi kafolatlangan gonorardan tashqari yorqin jang va ishtirok uchun qo'shimcha 50 000 AQSH dollarilik cheklarni qo'lga kiritishdi. Meksikalik Deniel Zellxubera va argentinalik Fransisko Prado o'rtasidagi to'qnashuv oqshomning "Eng yaxshi jangi" deb topildi. Ularning har ikkisi 50 ming dollarga ega bo'ldi. Olovli jang Zellxuberaning ochkolar hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
SHuningdek, Brayan Ortega va Manuel Torres yorqin g'alabalari uchun bonusga loyiq ko'rildi. Ortega oqshomning Co-main event jangida Yair Rodrigesni "uchburchak" usulida mag'lubiyatga uchratdi. Bu uning 2020 yilning 18 oktyabridan beri qozongan ilk g'alabasi edi. Manuel Torres esa shotlandiyalik Kris Dankanni bo'g'ib qo'ygandi.
Fikrlar