31 mar 11:46
Yangiliklar
UFC Fight Night 241 turnirining bonus sohiblari malum
Musobaqa tashkilotchilari bugungi oqshomda boshqalardan ajralib turgan jangchilar nomini oshkor qilishdi. Yani, bonuslar kimlarga nasib qilganini ochiqlashdi. Turkiyalik Ibo Aslan hamda shveciyalik Anton Turkal to'qnashuvi bugungi turnirning eng yaxshi jangi deb topildi. Aslan jangning uchinchi raundida raqibini texnik nokautga uchratdi. Har ikkala jangchi ham kafolatlangan gonorarga qo'shimcha 50 000 dollarlik bonus chekini ham qo'lga kiritishdi.
SHuningdek, bugungi turnirda ko'rsatgan yorqin janglari uchun amerikaliklar Net Landver va Dennis Buzukya ham 50 ming dollarlik mukofot puliga loyiq ko'rilgan. Net jangning birinchi raundida hamyurti Jamall Emmersni, Buzukya esa uchinchi raundda Konnor Mettyusni nokautga uchratdi.
UFC bosslari bu safar birinchi raundda raqibidan ustun kelgan Nursulton Ro'ziboevga bonus berishni istashmadi. Ro'ziboev promoushendagi ilk jangini ham birinchi raundda nokaut bilan yakunlagan va o'shanda 50 ming dollar bonusni qo'lga kiritgandi.
Fikrlar