So’nggi yangiliklar

12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0

02 noy 09:12
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Fight Night 263. Co-main event jangida qahramonona kambek amalga oshirildi

AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida etilgan UFC turnirining co-main event, yani ahamiyati jihatidan ikkinchi jangi og'ir vazn toifasida o'tkazildi.

Unda reytingning mos ravishda oltinchi va to'qqizinchi pog'onalarini egallab turgan Dominikan Respublikasi vakili Valdo Kortes-Akosta hamda xorvatiyalik Ante Deliya o'zaro to'qnash keldi. Deliya jangdan oldingi matbuot anjumanida Akostaga agar ko'zimga qo'lingni suqib olsang ayovsiz jazolayman degandi. 

Qizig'i, xuddi shu holat ro'y berdi. Faqat Deliya tomonida amalga oshirildi. Birinchi raundning to'rtinchi daqiqasida xorvatiyalik Kortes-Akostaning ko'ziga barmoqlarini suqib oldi va ko'zini qo'li bilan to'sib olgan raqibiga tashlandi. Referi Mark Smit qoida buzilish vaziyatini ko'rmay qoldi va jangni to'xatdi. Deliya g'alabasini nishonlay boshladi. Lekin vaziyat qayta ko'rib chiqilgach, xorvatiyalikning harakati qoida buzilishi sifatida talqin qilindi. Ko'zida muammo yuzaga kelgan bo'lsa-da, jangni davom ettirishga qaror qilgan Kortes-Akosta hayratlanarli kambek amalga oshirdi va raqibini nokautga uchratdi. 

Yodingizda bo'lsa, og'ir vazn toifasida amaldagi chempioni britaniyalik Tom Aspinall xuddi shunday holatda jangni davom ettirmaslikka qaror qilgan va o'z kamarini qo'lida saqlab qolgandi. Valdo qo'rqmadi va yakunda g'alabasini tantana qildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing