02 noy 10:36
Yangiliklar
UFC Fight Night 263 turnirining bonus sohiblari malum
Bu oqshomda "eng yaxshi jang" aniqlanmadi. Hech bir jang tashkilotchilarni etirof etish uchun ishontira olmadi. Boshqalardan ajralib turgan to'rt nafar jangchi esa yorqin ishtirok uchun bonusga loyiq ko'rildi. Stiv Garsiya, Kortes-Akosta, Jonson va Nasimento 50 000 dollar miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritdi.
Turnirning asosiy jangida yarim engil vazn toifasi vakili amerikalik Stiv Garsiya vatandoshi Devid Onamani birinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Og'ir vazn toifasi vakili Valdo Kortes-Akosta turnirning co-main event jangida xorvatiyalik raqibi Ante Deliya ko'ziga qo'lini suqib olgan bo'lsa-da, birinchi raundning o'zida nokaut evaziga kambekli g'alabani rasmiylashtirdi.
Donte Jonson Sedrik Dyumani ikkinchi raundda sabmishn evaziga engdi. Allan Nasimento Kodi Dyordenni ikkinchi raundda sabmishn, anakonda bo'g'ish usulida mag'lubiyatga uchratdi.

Fikrlar