02 avg 09:09
Yangiliklar
UFC Fight Night 283 turnirining bonus sohiblari malum
Dunyoning eng kuchli ligasi tomonidan Serbiyada ilk bor o'tkazilgan ushbu tadbirning to'rt nafar ishtirokchisi o'zlarining tomoshabop chiqishlari uchun 100 ming dollarlik qo'shimcha mukofot pullarini qo'lga kiritishdi.
SHouning asosiy yulduzi Urosh Medich, ikkinchi darajali jang ishtirokchisi Navaho Stirling, shuningdek, Nina Miloshevich va Gilbert Urbina "Kechaning eng yaxshi chiqishi" uchun bonuslarga ega bo'lishdi. SHu bilan birga, turnirdagi janglarning hech biri "Kechaning eng yaxshi jangi" deb topilmadi.
Muddatidan avval g'alaba qozongan boshqa jangchilar - Robert Valentin, Noa Gunyon, Tofiq Musaev, Maykl Oliveyra, Bogdan Grad, Mateush Rebeski, Jovan Leka va Stefani Luchiano 25 ming dollarlik mukofot pullarini olishdi.




Fikrlar