14 iyu 08:36
Yangiliklar
UFC Freedom 250 tarozi marosimi: Topuriya va Getji meyorni bajardi, Pereyra Gandan og'ir chiqdi + FOTOGALEREYA
Engil vazn toifasida amaldagi va vaqtinchalik UFC chempionlik kamarlarini birlashtiradigan oqshom xedlaynerlari Iliya Topuriya va Jastin Getji chempionlik chegarasiga kirishda hech qanday muammoga duch kelmadi va har biri bir xilda - 70,31 kg tosh bosdi.
Og'ir vazn toifasida tashkilotning vaqtinchalik chempioni aniqlanadigan ikkinchi muhim tadbir ishtirokchilari Aleks Pereyra hamda Siril Gan mos ravishda 113,85 kg va 112,49 kg natija ko'rsatdi. Yarim og'ir vazn toifasidan og'ir vaznga o'tgan Pereyra raqibidan og'irroq chiqqani etiborga molik holat.
UFC Freedom 250 turnirining barcha tarozi natijalari:
Iliya Topuriya (70.31 kg) – Jastin Getji (70.31 kg) – engil vaznda birlashtiruvchi chempionlik jangi
Aleks Pereyra (113.85 kg) – Siril Gan (112.49 kg) – og'ir vaznda vaqtinchalik kamar uchun jang
SHon O’Melli (61.46 kg) – Eyemann Zaxabi (61.24 kg)
Josh Xokit (104.78 kg) – Derrik Lyuis (120.20 kg)
Maurisio Ruffi (70.31 kg) – Maykl CHendler (70.76 kg)
Bo Nikal (84.37 kg) – Kayl Dakas (84.37 kg)
Diego Lopes (66.22 kg) – Stiv Garsiya (66.22 kg)














Fikrlar