03 jan 13:42
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Gustafsson og'ir vazn toifasiga o'tishni rejalashtirmoqda
UFC jangchisi Aleksandr Gustafsson Jon Jonsga qarshi jangdan so'ng og'ir vazn toifasiga o'tishi mumkinligini aytdi.
"Bu hali hammasi emas. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan. Bu menga qiziq ekan, jang qilishda davom etaveraman. Vazn toifamni o'zgartirishim mumkin. Og'ir vazn - yaxshi variant. Men bu erga jang qilish uchun kelganman. Yarim og'irmi, og'ir vaznmi - buning katta ahamiyati yo'q. Murabbiylar bilan gaplashaman va undan keyin bir qarorga kelamiz.
Bu futbol yoki tennis emas. Bu erda har bir jang hayotni o'zgartirib yuborishi mumkin. Jonsga mag'lub bo'lganim omadsizlik, ammo bu sport. Biz uni yaxshi ko'rganimiz uchun shug'ullanamiz", - dedi Gustafsson.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar