07 may 17:10
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/217686_220.jpg)
UFC haqiqatdan ham vazn o'lchashda qovun tushirdimi?
Ertangi markaziy jangdan avval bo'lib o'tgan vazn o'lchash marosimida CHarlz Oliveyra vazn qila olmadi va chempionlik kamaridan mahrum bo'ldi.
CHempion bunday bo'lishiga UFC'ni noto'g'ri vazn o'lchaganini sabab sifatida ko'rsatgandi. Bunday fikrlarni CHarlz Oliveyradan tashqari kechaning yana ikki ishtirokchisi malum qildi.
«Vazn o'lchash marosimini o'tkazgan «daho»larga minnatdorchilik bildiraman. Ular mehmonxonada va rasmiy vazn o'lchash marosimida ikki xil vaznni ko'rsatishdi. Biz bunday bo'lganini faqatgina rasmiy vazn o'lchash marosimidan so'ng bildik. Yaxshiyamki, men vazn qila oldim»,-deb fikr bildirdi Karnelossi.
SHuningdek, jangda ishtirok etadigan Norman Dyumon ham mehmonxonada rasmiy vazn o'lchash marosimiga nisbatan 0,9 kg engilroq chiqqanini malum qildi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar