So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

29 jan 14:14
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Islam Maxachevga raqib taklif qildi

Islam Maxachevning menejeri uni boshqa bir "shogirdi" Kamaru Usmanga qarshi jang o'tkazishini istamoqda, ammo UFC boshqa raqib nomzodini ilgari suryapti.

Bu haqda Islamning menejeri Ali Abdel-Aziz MMA Junkie nashriga bergan intervyusida malum qildi.

"Maxachev va Usman bir-biri bilan jang qilmoqchi, ammo UFC’ning rejasi boshqacha bo'lishi mumkin. Bu mening fikrim - ehtimol ular boshqacha o'ylashar. Lekin menga aytmangki, Yen Garri - hamma nohaq aylanib o'tadigan yigit deb. Unga hech qanday etirozim yo'q, ammo u SHavkat Rahmonovga yutqazdi, Karlos Prates esa uni deyarli yo'q qildi. Agar u shunchalik kassabop bo'lsa, nega o'shanda uning Belal Muhammad bilan jangi Qatardagi turnirning asosiy voqeasiga aylantirilmadi? Arman Carukyan va Den Xukerni asosiy jang ishtirokchilari etib tayinladingiz, garchi ularning hech biri chempion bo'lmagan bo'lsa ham. Men uchun bu matematika to'g'ri kelmaydi.

Yen Garri odamlar o'ylaganidek kuchli jangchi emas. Men UFC’dagi juda yuqori martabali bir kishidan - kimligini aytmayman - o'nta g'alabasidan to'qqiztasini ochkolar bo'yicha qo'lga kiritgan Yen Gerrini tomoshabop jangchi deb hisoblaydimi, deb so'radim. U esa: "Yo'q, u zerikarli" deb javob berdi. Yani, u Qatardagi turnirning asosiy jangi uchun munosib emasdi. Ishonchim komil, UFC’ning o'z rejasi bor va biz hali hammasini muhokama qilamiz. Islam may yoki iyun oylarida jang qilishni xohlaydi. Eshitishimcha, may oyida Nyuarkda turnir o'tkazilishi mumkin yoki iyun oyida Oq uy varianti ham mos keladi. Biz buni hal qilamiz", - dedi Abdel-Aziz.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning noyabr oyida Islam Maxachev Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan UFC 322 turnirida Jek Della Maddalenani hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lubiyatga uchratib, tashkilotning yarim o'rta vazn toifasidagi yangi chempioniga aylangan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing