06 apr 10:29
Yangiliklar
"UFC jangchilari arzimagan pul uchun kaltak eydi, ular o'z huquqlari uchun kurasha olmaydi"
Og'ir vazn toifasida yangi zelandiyalik UFC sobiq jangchisi Mark Xant o'zi jang qilgan sobiq ligasini tanqid qildi, shuningdek, u amerikalik videobloger Jeyk Polning so'zlarini etiborga olib, sportchilarning maoshlariga to'xtalib o'tdi.
"UFC jangchilari oktagonga kirib, arzimagan pul uchun kaltak eydi. Ular hatto o'z huquqlari uchun kurasha olmaydilar. Biznesni qanday boshqarishni biladigan bir yigit (Jeyk Pol) bor. Men boshqa jangchilarni ko'rib, "O, Xudo, u o'zi bilan xohlagan ishni qiladigan kompaniya bilan shartnoma imzoladi", deb o'ylayman.
Jeyk Pol, ko'plab yigitlar kabi, buni muhokama qilyapti, bu yaxshi. U boksda ko'p pul ishlab topgani yaxshi, chunki bu UFC jangchilari qanday ekspluataciya qilinishini ko'rsatib beradi", - dedi Xant The Casual Fan Experience YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar