28 iyu 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC jangchisi Klichko bilan amalga oshmagan jang haqida gapirdi
Braziliyalik UFC jangchisi Junior Dos Santos o'z vaqtida Vladimir Klichko bilan jang qilmoqchi bo'lganligi haqida gapirib berdi.
"2012 yilda men UFC chempioni bo'lgan vaqtimda Vladimir Klichkoni jangga chorlagandim. U ham o'sha vaqt chempion edi. Men unga o'shanda boks jangida uni mag'lub eta olishimni aytgandim. Men albatta Konor MakGregorga o'xshagan promouter emasman.
Klichko o'shanda mening chaqiruvimni qabul qilgan va menga qarshi istalgan vaqtda ringga chiqishga tayyorligini aytgan. Ammo afsuski, oradan biroz vaqt o'tib u kamarini Velaskesga yutqazib qo'ygan. SHu sababli Vladimirga qarshi jang o'z ahamiyatini yo'qotgan", - dedi Dos Santos.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar