05 fev 17:14
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/104490_220.jpg)
UFC jangchisi qo'shiqchi 50 Cent'ni jangga chorladi, u bitta qo'lida jang qilmoqchi
UFC jangchisi Kolbi Kovington 50 Cent sifatida tanilgan reper Kertis Jekson bilan boks qoidalar asosida jang qilmoqchi.
"Men 50 Cent bilan boks qoidalari asosida yulduzli jang qilmoqchiman. Unda bitta qo'limni belimga bog'lab olib, ringga chiqaman.
Ushbu jang uchun 1 million dollar tikaman", - dedi Kovington.
Qayd etish lozimki, Kovington so'nggi jangida Kamaru Usmanga nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : BJPenn
Fikrlar