15 noy 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC jangchisi Yana Kunickayaning navbatdagi raqibasi malum
Rossiyalik 31 yoshli UFC jangchisi Yana Kunickaya kecha braziliyalik UFC jangchisi Tiago Santosga turmushga chiqayotganini malum qilgan edi.
Bugun esa u navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o'tkazishini elon qildi. Yana 20 fevral kuni braziliyalik 29 yoshli Ketlin Vieyraga qarshi oktagonga ko'tariladi.
"Bu safar Vegasda sovuq edi. Biz tez orada qaytamiz. 20 fevral — keyingi bekat", — deya o'zining "Instagram" sahifasida xabar qoldirgan Yana.
Eslatib o'tamiz, aslida ushbu jang shu yilning 1 avgust kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Lekin o'shanda braziliyalik jangchining o'rnini Yuliya Stolyarenko egallagandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar