03 may 19:32
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Maxachev jamoasi bilan Dubayda muzokara olib bormoqda
UFC vice-prezidenti Xanter Kempbell hozirda Dubayda bo'lib, Islam Maxachevni oktagonga qaytarish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda promoushenga yaqin manbalar xabar bermoqda. Maxachevning murabbiyi Habib Nurmagomedov ushbu xabarni tasdiqlaganday bo'ldi — u ijtimoiy tarmoqda Kempbell va jamoa menejeri Rizvan Magomedov bilan birga tushgan suratni joyladi.
Ushbu xabar Iliya Topuriyaning UFC 317 turniridagi jangini 28 iyunga rasman elon qilgan bayonoti bilan bir vaqtda tarqaldi.
Havola :
Manba : Fight News
Fikrlar